OʻZBEKISTONGAPUL OʻTKAZMASI
Oʻzbekistonga bir necha daqiqada pul yuborish uchun ilovamizni yuklab oling.
Kimdan yuborilmoqda
Valyuta kursi
– – –
GBP 1 = NGN 2030.28232
O'tkazma to'lovi
Bepul – – – 0.99 USD 0.99 USD
Oluvchi qabul qildi
Powered by Moka United
30 daqiqada yetkazib beriladi
OʻZBEKISTONGA QANDAY PUL YUBORISH MUMKIN
£
UZS
1. Summa va valyutani tanlang
Yakuniy narxni bilish uchun summa va valyutani tanlang.




2. Qabul qiluvchi maʼlumotlarini kiriting
Qabul qiluvchi maʼlumotlarini kiriting va pulni olish usulini tanlang.

3. Oʻtkazma uchun toʻlang
Qabul qiluvchi pulni toʻgʻridan-toʻgʻri UZCARD, HUMO, Visa yoki Mastercard kartasiga yoxud oʻzining TransferGo Account hisobiga oladi.
Bank kartasi
Bank oʻtkazmasi
Low cost
TransferGo Account
+ Boshqalar
Oʻzbekistonga pul yuborishning eng foydali usuli qaysi?
Oʻzbekistonga pul yuborishda xarajatlarni kamaytirish uchun raqobatbardosh valyuta kurslaridan foydalaning. Tanlangan toʻlov usuliga qarab kichik komissiya olinishi mumkin — oʻtkazmani tasdiqlashdan oldin aniq summani doim koʻrasiz.
Oʻzbekistonga pul yuborishning eng tez usuli
Oʻzbekistonga shoshilinch pul yuborish kerakmi? TransferGo ilovasida oʻtkazma uchun karta orqali toʻlang — pul tezroq yetib boradi. Yetkazib berish muddati o’tkazmani tasdiqlashdan oldin koʻrsatiladi.

Bank kartasi
Debet yoki kredit karta orqali toʻlash — oʻtkazma uchun toʻlashning eng tez usullaridan biri. Karta toʻlovlari tez qayta ishlanadi, shuning uchun pulingiz ham tezroq yetkaziladi.
TransferGo Account
Oʻtkazma uchun TransferGo Account hisobingizdagi balansdan toʻlang. Agar mablagʻ allaqachon hisobingizda boʻlsa, bu tez va qulay usul: har safar karta yoki bank orqali toʻlashingiz shart emas.
Bank Oʻtkazmasi
Bank oʻtkazmasi — TransferGoʻda xalqaro pul oʻtkazmasi uchun toʻlashning eng mashhur usullaridan biri. Odatda bu arzon variant: karta orqali toʻlovdan biroz koʻproq vaqt olishi mumkin, lekin komissiyani kamaytirmoqchi boʻlsangiz, ajoyib tanlov.
Bank kartasi
Qabul qiluvchi pulni darhol UZCARD, HUMO, Visa yoki Mastercard kartasiga olishi mumkin. Bu pul olishning eng tez usullaridan biri. Oʻtkazma tushishi bilan qabul qiluvchi darhol karta bilan toʻlov qilishi, naqd pul yechishi yoki onlayn xarid qilishi mumkin.
TransferGo Account
Qabul qiluvchi pulni toʻgʻridan-toʻgʻri oʻzining TransferGo Account hisobiga olishi mumkin. Bu TransferGoʻdan foydalanayotganlar uchun qulay variant. Mablagʻ hisobga tushadi va uni saqlash, ayirboshlash yoki keyingi oʻtkazmalar uchun ishlatish mumkin.
Pul oʻtkazmasi narxi nimaga bogʻliq?
Pul oʻtkazmasi narxi valyuta kursi va tanlangan toʻlov usuliga bogʻliq. Vositachi banklar alohida komissiya olishi mumkin, ammo biz yakuniy narx va yetkazib berish vaqtini doim oldindan — oʻtkazmani tasdiqlashdan oldin koʻrsatamiz.
13 yildan ortiq vaqt davomida 9 milliondan ortiq mijoz bizga ishonadi
Pulingiz uchun eng yuqori xavfsizlik va ishonchlilik standartlarini saqlab, jahon bozorida obroʻ qozondik.
CNBC World’s Top Fintech Companies 2026 — «Toʻlovlar» toifasi
Ko‘p so‘raladigan savollar
Oʻzbekistonga qancha pul yuborish mumkin?
Pul yetkazib berish limitlarimiz qabul qiluvchi maʼlumotlariga bogʻliq. Bitta oʻtkazmada kartaga 5 000 GBP gacha (yoki boshqa valyutadagi ekvivalenti), bank hisobiga esa 10 000 GBP gacha yuborish mumkin.
Oʻzbekistonga pul yuborish uchun qaysi valyutalardan foydalanish mumkin?
Qayerdan yuborayotganingizga qarab, Oʻzbekistonga turli valyutalarda pul yuborishingiz mumkin. Odatda biz mahalliy valyutangizni qoʻllab-quvvatlaymiz — koʻpincha bu GBP, EUR yoki USD. Qabul qiluvchi pulni UZS, USD yoki EURʼda oladi. Oʻtkazmani rasmiylashtirishda mavjud valyutalar kalkulyatorda koʻrsatiladi va siz eng qulay variantni tanlashingiz mumkin.
Oʻzbekistonga bank orqali pul yuborish mumkinmi?
Ha. Oʻtkazma uchun bank oʻtkazmasi orqali toʻlashingiz mumkin. Koʻp hollarda siz yuborayotgan davlatingizdagi TransferGo hisobiga mahalliy bank oʻtkazmasini amalga oshirasiz, biz esa pulni Oʻzbekistonga yetkazamiz. Bankingiz komissiyalari va ilovada koʻrsatilgan valyuta kursiga qarab, bu qulay va anʼanaviy xalqaro bank oʻtkazmasidan arzonroq boʻlishi mumkin.
Oʻzbekistonga pul yuborish qancha turadi?
Biz tanlangan toʻlov va pul olish usullari hamda Oʻzbekistonga yuborilayotgan summaga qarab past va shaffof dinamik komissiya qoʻllaymiz. Aniq narx va valyuta kursini doim oʻtkazmani tasdiqlashdan oldin koʻrasiz.
TransferGo orqali Oʻzbekistonga pul yuborishning qanday afzalliklari bor?
Biz tez yetkazib berish, yaxshi valyuta kurslari va past komissiyalarni birlashtiramiz. Ilovamiz tushunarli: pul oʻtkazmasini bir necha daqiqada rasmiylashtirish mumkin. Shuningdek, bir nechta tilda gaplashadigan samimiy mijozlarni qoʻllab-quvvatlash xizmatimiz bor.
Oʻzbekistonga onlayn pul yuborish xavfsizmi?
Shaxsiy maʼlumotlaringiz va pulingizni himoya qilish uchun ilgʻor xavfsizlik standartlari va ishonchli shifrlashdan foydalanamiz. TransferGo — tartibga solinadigan moliyaviy tashkilot. Pulingiz mijozlar mablagʻlarini alohida saqlash (safeguarding) orqali himoyalangan. FSCS himoya sxemasi qoʻllanilmaydi.
Oʻzbekistonga pul oʻtkazmasi qancha vaqt oladi?
Yetkazib berish muddati pul oʻtkazish usuliga bogʻliq. Kartaga oʻtkazmalar kamroq vaqt oladi — odatda atigi bir necha daqiqa. Bank oʻtkazmalari bir necha daqiqadan bir necha soatgacha davom etadi. Aniq muddatni TransferGo ilovasida koʻrishingiz mumkin.
Oʻtkazmalar holatini qanday kuzatish mumkin?
Pul oʻtkazmangiz holati haqida sizni doim xabardor qilib turamiz. Android yoki iOS ilovasining bosh ekranini tekshirsangiz kifoya.
Oʻzbekistonda pulni qanday usullarda olish mumkin?
Oʻzbekistonga yuborilgan pul tanlangan usulga qarab toʻgʻridan-toʻgʻri qabul qiluvchining UZCARD, HUMO, Visa yoki Mastercard kartasiga yoxud uning TransferGo Account hisobiga tushadi.
Muvaffaqiyatli oʻtkazma uchun qabul qiluvchi haqida qanday maʼlumot kerak?
Sizga qabul qiluvchining toʻliq ismi va uning kartasi yoki TransferGo hisobining rekvizitlari kerak boʻladi.


